Galaxy Buds quloqchinlarini qanday tozalash kerak
Galaxy Buds, Galaxy Buds +, Galaxy Buds Live, Galaxy Buds Pro yoki Gear IconX quloqchinlarini muntazam tozalash kerak. Chang, quloq mumi va boshqa chiqindilar quloqchinlarda to'planishi, ularning zaryadlanishiga xalaqit berishi yoki ovoz sifatini pasaytirishi mumkin.
Galaxy buds quloqchinlarini ikki haftada bir marta tozalashni tavsiya etamiz.
Galaxy Buds, Galaxy Buds+, Galaxy Buds Pro, Gear IconX quloqchinlarini qanday tozalash kerak?
Quloqchinlar dinamik tomoni pastga qaratilgan holda quruq cho'tka bilan tozalanadi, bu quyidagi rasmda ko'rsatilgan.
Galaxy Buds Pro'dagi havo kanallarini ham tozalashni unutmang.
Galaxy Buds quloqchinlarini suv bilan bir oz namlangan yoki 70-80 foizli spirt bilan namlangan, tuklanmaydigan yumshoq mato bilan tozalashingiz mumkin. Yuzalarni tozalagandan so'ng, quloqchinlarni kiyishdan oldin yaxshilab quritib oling. Qurilma ichiga suv tushmasligi uchun dinamik teshigini suv yoki spirtli eritma bilan artmang - hatto suvga chidamli quloqchinlarda ham. Shuningdek, oqartiruvchi vositalar va yuvish vositalaridan foydalanmang.
Galaxy Buds Live quloqchinlarini qanday tozalash kerak?
Quloqchinlarni tozalashda metall yoki sim cho'tkadan foydalanmang - qattiq tuklar ularga zarar yetkazishi mumkin.
Quloqchinlarni tozalash uchun spirt yoki sovunli suv kabi suyuqliklardan foydalanmang.
Galaxy Buds quloqchinlarini suv bilan bir oz namlangan yoki 70-80 foizli spirt bilan namlangan, tuklanmaydigan yumshoq mato bilan tozalashingiz mumkin. Yuzalarni tozalagandan so'ng, quloqchinlarni kiyishdan oldin yaxshilab quritib oling. Qurilma ichiga suv tushmasligi uchun dinamik teshigini suv yoki spirtli eritma bilan artmang - hatto suvga chidamli quloqchinlarda ham. Shuningdek, oqartiruvchi vositalar va yuvish vositalaridan foydalanmang.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.